🎭TEATRDA YANGI SPEKTAKL QABULI
01 Jul, 2025 - 10:00
12
🎭TEATRDA YANGI SPEKTAKL QABULI
Surxondaryo viloyati qo'girchoq teatrida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo'yicha Badiiy kengash a'zolari ishtirokida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltiruvchi O‘zbektosh To‘raxonli asari asosida teatr bosh rejissori Bunyod Imomov tomonidan sahnalashtirilgan “Sakkizinchi xazina” spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl qabulida taniqli rejissor, "Shuhrat" medali sohibasi Karomat Isamova, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti A’zamjon Abduxalilov, Surxondaryo viloyati televideniyasi, taklif etilgan va xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi.
Mutaxassislar spektakl to‘g‘risidagi o‘zlaring fikr-mulohazalari,tavsiyalari va takliflarini bildirib o‘tishdi. Yangicha uslub va zamonaviy texnologiyalar asosida sahnalashtirilgan “Sakkizinchi xazina” spektakli bir ovozdan qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.