30-Iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Sherobodda gala konsert bo‘lib o‘tdi
01 Jul, 2025 - 12:00
12
30-Iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Sherobodda gala konsert bo‘lib o‘tdi
🎉 Yoshlar bayrami munosabati bilan Sherobod tumanining Buyuk Ipak yo‘li mahallasi hududida joylashgan Mustaqillik maydonida ko‘tarinki ruhda gala konsert tashkil etildi.
🎭 Tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan rang-barang sahna chiqishlari, badiiy dasturlar va musiqiy ijrolar bayramga tashrif buyurgan yoshlar hamda tuman aholisi kayfiyatini yanada ko‘tardi.
👥 Tadbirda 1000 nafardan ortiq yoshlar va tuman aholisi faol ishtirok etdi. Yoshlar kuni doirasidagi bu kabi tadbirlar yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi sifatida baholandi.
Bunday madaniy-ma’naviy tadbirlar yoshlarda Vatanga muhabbat, ijtimoiy faollik va ijodiy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.