#Tabrik
30 Jun, 2025 - 10:00
10
#Tabrik
⚡️ Madaniyat vazirligi jamoasi mamlakatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan Siz yoshlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan bayram – Yoshlar kuni bilan muborakbod etadi.
Yoshlik inson umrining eng go‘zal va jo‘shqin pallasi hisoblanadi. Bu paytda katta-katta orzular, maqsadlar qilinadi. Аslida mana shuning o‘zi juda muhim. Chunki orzu bo‘lmasa, maqsad bo‘lmasa inson hayoti bir joyda to‘xtab qoladi.
Tariximizga nazar solsak, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy yoki Bobur Mirzoni olasizmi, Аvloniy yoki Qodiriyni olasizmi, barchalari buyuk kashfiyotlarni, bebaho asarlarni aynan siz kabi yoshlik chog‘larida yaratishgan.
Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorug‘ bo‘ladi. Biz Yangi O‘zbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz.
Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilaymiz.
Madaniyat vazirligi jamoasi