#Xalqaro_hamkorlik #Madaniyat_kunlari
24 Jun, 2025 - 19:00
12
#Xalqaro_hamkorlik #Madaniyat_kunlari
Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida gala-konsert bo‘lib o‘tdi
Mo‘g‘uliston Milliy opera va balet teatrida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
"Bugun sizlar “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekistonning tarixi va bugungi hayotiga bag‘ishlangan foto ko‘rgazmani ko‘rdingiz.
Shuningdek, sizlar o‘zbek milliy raqslari, kuylari, maqom va opera san’atining yorqin namunalari bilan tanishish imkoniga egasiz.
O‘z navbatida, ushbu tadbirni tashkil etishda bizga yordam ko‘rsatgan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar ishlari vazirligi, shuningdek, Mo‘g‘uliston opera va balet teatriga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Ishonchim komilki, bu tadbir xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.
Zamonaviy mo‘g‘ul adabiyoti asoschilaridan bo‘lgan Dashdorjiyn Nasagdorj aytganidek: “Do‘st — sizning ishonchingiz, mehringiz manbai”dir.
Hamkorligimiz mustahkam va abadiy bo‘lsin!"
- deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Gala-konsert dasturi davomida o‘zbek milliy raqslari, kuylari, maqom va opera san’atining yorqin namunalari ijro etildi.