#Xalqaro_hamkorlik #Madaniyat_kunlari
24 Jun, 2025 - 10:00
14
#Xalqaro_hamkorlik #Madaniyat_kunlari
Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda
Avvalroq, joriy yilning 23-25-iyun kunlari Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 23-iyun kuni Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekiston tarixini va madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanligini ta’kidlashdi.
“Bizni buyuk tarixiy shaxslar, “Buyuk Ipak yo‘li”, ko‘chmanchi va o‘troq tamaddunlar hamda madaniy merosga bo‘lgan hurmat birlashtiradi. “Buyuk Ipak yo‘li” nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yo‘l bo‘lgan. U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi”
- deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.