“Bugunning qadri” — Termizda hokim va nuroniylar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
23 Jun, 2025 - 19:00
19
“Bugunning qadri” — Termizda hokim va nuroniylar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Termiz shahridagi “Nuroniylar choyxonasi”da “Bugunning qadri” mavzusida “Hokim va nuroniylar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yurtimiz ravnaqida beqiyos xizmat qilayotgan nuroniylar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Tadbir davomida xalqimizning qadimiy urf-odatlariga mos tarzda dasturxon yozildi, kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, samimiy muhit yaratildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu yo‘nalishdagi islohotlarga oid fikrlarida ta’kidlaganlaridek:
“Yosh avlodimizni barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz.”
Bu kabi uchrashuvlar katta hayotiy tajribaga ega oqsoqollarimizning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ularning fikr va takliflarini eshitish, hurmat-ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.