TA’ZIYA

23 Jun, 2025 - 10:00
14
TA’ZIYA

TA’ZIYA

Madaniyat sohasining fidoyi vakili, nafaqat Surxondaryo, balki butun O‘zbekiston san’ati va folkloriga munosib hissa qo‘shgan Boysun elining faxri, ustoz san’atkor Juma Sayfiyev 68 yoshida vafot etdi.

Ustoz Juma Sayfiyev o‘zining ibratli hayoti davomida Boysun folklor san’atini asrash, rivojlantirish va uni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda benihoya katta xizmatlar ko‘rsatdi. Yurtimizning boy madaniy merosini xalqaro sahnaga olib chiqishda jonbozlik bilan ishladi, ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi.

Mehribon, samimiy va jonkuyar inson sifatida Juma Sayfiyev yurtimiz ahlining qalbida mangu yashaydi.

Marhumning oila a’zolari, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Alloh rahmat qilsin, joylari jannatdan bo‘lsin.

Janoza namozi bugun, 23-iyun kuni soat 10:00da Boysun tumani, Chorchinor mahallasi Mehridil ko‘chasidagi xonadonida o‘qiladi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash