#Dolzarb_90_kun #Madaniy_tadbir
20 Jun, 2025 - 10:00
13
#Dolzarb_90_kun #Madaniy_tadbir
Oltinsoy tumanidagi Tog‘ay Murod va To‘xtamish mahallalarida o'quv kurslarini tamomlagan ayollarga sertifikatlar topshirish marosimi hamda tuman oila va xotin-qizlar bo'limining mahallalarda "Oqila ayollar" harakati a'zolari ishtirokidagi forumi o'tkazildi.
Tadbirda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tadbirkorlik markazi rahbari Nuquljon Ibragimova va Oltinsoy tumani hokimining o'rinbosari ,oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Malika Xidirovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Oltinsoy tuman Madaniyat bo'limi tasarrufidagi 37- sonli "Vaxshivor" madaniyat markazida tashkil etilgan "Sharshara" folklor etnografik havaskorlik xalq jamoasining qiziqarli konsert dasturlari namoyish etildi.