"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida ijodiy to‘garaklar faol olib borilmoqda

19 Jun, 2025 - 12:00
12
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida ijodiy to‘garaklar faol olib borilmoqda

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida ijodiy to‘garaklar faol olib borilmoqda

Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida haftalik belgilangan jadval asosida turli yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda.

Jumladan, fortepiano, gitara hamda tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha malakali o‘qituvchilar rahbarligida olib borilayotgan ijodiy mashg‘ulotlar yosh ijodkorlar iste’dodini yuzaga chiqarish, ularning madaniy-estetik dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur to‘garaklar orqali o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib, amaliy ko‘nikmalari shakllanmoqda. Har bir mashg‘ulot mazmunan boy, interaktiv va bolalar uchun qiziqarli tarzda o‘tmoqda.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash