Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida klarnet to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
17 Jun, 2025 - 16:03
13
Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida klarnet to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida jadval asosida klarnet yo‘nalishida to‘garak faoliyati tizimli ravishda olib borilmoqda.
Hozirda klarnet mutaxassisligi bo‘yicha malakali o‘qituvchi B.Abrayev tomonidan dars mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Mashg‘ulotlar bolalarning iste’dodini rivojlantirish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida olib borilmoqda.