“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar davom etmoqda
16 Jun, 2025 - 14:00
11
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar davom etmoqda
Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan fortepiano va tasviriy san’at to‘garaklarida tasdiqlangan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlar muntazam ravishda olib borilmoqda.
Ushbu to‘garaklarda o‘quvchilar yozgi ta’til davomida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga, o‘z qiziqishlari va iqtidorlarini yanada rivojlantirishmoqda. Malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslar esa yoshlarning ijodiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.