UzA | Surxondaryo viloyatida "Dolzarb 90 kunlik" doirasida "Kasb markazlari" ish boshladi
13 Jun, 2025 - 10:00
11
UzA | Surxondaryo viloyatida "Dolzarb 90 kunlik" doirasida "Kasb markazlari" ish boshladi
Prezidentimiz boshchiligida joriy yilning 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 1-iyundan 30-avgustgacha "Zarbdon 90 kunlik" e’lon qilinib, maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish tashabbusi ilgari surilgan edi.
Yozgi ta’tilni samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriq ota-onalar ishda bo‘lgan paytda farzandlarini bee’tibor qoldirmaslikka, ularning vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda. Shu maqsadda viloyatdagi barcha maktablar qoshida sport, musiqa, kitobxonlik va kompyuter savodxonlik kabi yo‘nalishlarda to‘garaklar tashkil etildi.