"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida musiqa to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
12 Jun, 2025 - 14:00
9
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida musiqa to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Sherobod tuman 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tasdiqlangan jadval asosida musiqa yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyati tizimli ravishda olib borilmoqda.
Hozirda fortepiano, estrada ijrochiligi va gitara, anʼnaviy ijro, tasviriy sanʼat, doira, g‘ijjak, rubob, raqs mutaxassisliklari bo‘yicha malakali o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Mashg‘ulotlar bolalarning iste’dodini rivojlantirish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida olib borilmoqda.