“Har bir zarba yurakdan – har bir gol Vatan uchun!”

12 Jun, 2025 - 15:08
9
“Har bir zarba yurakdan – har bir gol Vatan uchun!”

“Har bir zarba yurakdan – har bir gol Vatan uchun!”

Futbol bo‘yicha jahon chempionati Ye guruh saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi uchrashuv – O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi bahs Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida katta shavq va hayajon bilan kuzatildi.

Markaziy o‘yingohlar, dam olish maskanlari hamda boshqa ommaviy tadbir joylarida o‘rnatilgan zamonaviy katta LED ekranlari orqali minglab futbol muxlislari o‘yinni jonli tomosha qilib, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatladilar.

Xususan, “Boysun bahori” turizm majmuasida ham tuman aholisi va tashkilot rahbariyati yig‘ilib, muhim uchrashuvni birgalikda kuzatdilar va g‘alaba onlarini bayramona ruhda nishonladilar.

Bu g‘alaba – yurtimiz sporti, yoshlarimiz azmi va birdamligimiz samarasidir.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim g‘alaba bilan muborakbod etamiz!

Terma jamoamizga samimiy minnatdorlik bildiramiz! Yurt sha’ni uchun maydonda jon kuydirgan o‘yinchilarga, murabbiylar shtabiga va butun futbol jamoasiga rahmat!

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash