San'at — yurak ohangi, iste'dod esa ilhom nidosi

03 Jun, 2025 - 12:00
22
San'at — yurak ohangi, iste'dod esa ilhom nidosi

San'at — yurak ohangi, iste'dod esa ilhom nidosi

Sherobod tumanidagi 8-son Bolalar musiqa va san'at maktabida an'anaviy “Hisobot konserti” bo‘lib o‘tdi. Tadbir maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarning bir yillik mehnati, izlanishi va ijodiy yondashuvlarini namoyon etish, ularni keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Konsert davomida o‘quvchilar cholg‘u asboblarida kuylar chalishdi, milliy va zamonaviy qo‘shiqlarni jonli ijro etdilar,raqslar bilan barchaga yuqori kayfiyat ulashdilar. Ota-onalar, ustozlar va mehmonlar — har bir chiqishni samimiy qarsaklar bilan qarshi oldilar.

San'at maktabining yosh ijodkorlari o‘z chiqishlari orqali Vatanga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan mehrlarini ham namoyon etdilar. Tadbir so‘ngida maktab ma'muriyati tomonidan faol o‘quvchilar taqdirlandi.

San'at maktabining sahnasida yangragan har bir ohang — bu yurak sadosi, mehnat, fidoyilik va orzularning go‘zal mujassamidir.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash