HISOBOT KONSERTI
31 May, 2025 - 10:00
19
HISOBOT KONSERTI
Inson yaralibdiki, u san'atga befarq yashay olmaydi. Sababi, san'at asarlari mangulikka daxldor, u inson ma'naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, shaxs sifatida shakllantiruvchi vosita.
Yurtimizda san'atkorlarga va san'at namunalariga bo'lgan yuksak e'tiborni bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim-tarbiya olayotgan, iqtidor qirralari kashf etilayotganlar misolida ham ko'rish mumkin. Shunday san'at maskanlarining faoliyati misolida Termiz shahar 1-son BMSM tashkilotchiligida 2024-2025-o'quv yili yakuniga bag'ishlangan HISOBOT KONSERT dasturi bo'lib o'tdi.
Konsert dasturida 1-son BMSM qoshidagi xor jamoasi, xalq cholg'ulari, orkestr jamoasi, xoreografiya va boshqa yo'nalishlar o'quvchilari o'z chiqishlarini namoyish etishdi. Hisobot konserti ko'tarinki ruhda va o'zgacha shukuhda bo'lib o'tdi.