⚡️DXX_kubogi ⚡️Denov tuman ⚡️Taqdirlash_marosimi
28 May, 2025 - 10:00
20
⚡️DXX_kubogi ⚡️Denov tuman ⚡️Taqdirlash_marosimi
Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogining" Denov tuman bosqichi g'oliblari tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bir necha kun tuman bo'ylab o'tkazilgan musobaqalar yakuniga etgach, g'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir avvalida Denov tuman hokimi Abrorov Ilhom Ibrahimovich va DXX Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Nurmanov Alimardon Shoymardonovichlar barcha sportsevar yoshlarni tabriklab, g'oliblarga diplom, medallar, kubog va qimmatbaho sovg'alarni tantanali tarzda topshirishdi. Tadbirda Denov tuman madaniyat bo'limi ijodiy jamoasi, tuman O'zbekkontsert bo'limi estrada xonanadalari va taniqli estrada yulduzi "Nihol" davlat mukofoti sohibi Mashhur Muhammad ijrosidagi kuy-qo'shiqlar davraga o'zgacha fayz ulashdi.