🎭 "Egizaklar" spektakli teatr Badiiy kengashi ko‘rigidan o‘tkazildi.
27 May, 2025 - 10:00
23
🎭 "Egizaklar" spektakli teatr Badiiy kengashi ko‘rigidan o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining joriy repertuar rejasiga kiritilgan Sergey Mogilevsev asari asosida rejissor M.Fayzullayev, rassom X.Shorshanbiyev tomonidan sahnalashtirilgan "Egizaklar" spektakli Badiiy kengash aʼzolari ko‘rigidan o‘tkazildi. Badiiy kengash aʼzolari va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan ko‘rik yakunida bildirilgan fikr, taklif va tavsiyalardan kelib chiqib tuzatishlar kiritish taklifi bilan spektaklni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash ko‘rigiga taqdim etish taklif qilindi.