Sherobod tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida sinfdan sinfga o‘tish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
22 May, 2025 - 12:00
20
Sherobod tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida sinfdan sinfga o‘tish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Sherobod tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2024–2025 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan sinfdan sinfga o‘tish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihonlar o‘quv rejasiga muvofiq tarzda tashkil etilib, har bir o‘quvchining yil davomida egallagan nazariy va amaliy bilimlari baholanmoqda. O‘quvchilar mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z repertuarlarini davlat dasturi asosida namoyish etmoqdalar.
Imtihon jarayonlari maktab o‘qituvchilari va mutaxassislardan iborat komissiya a’zolari ishtirokida adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.