⚡️Matbuot anjumani ⚡️Surxondaryo viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasi
21 May, 2025 - 15:00
28
⚡️Matbuot anjumani ⚡️Surxondaryo viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasi
Surxondaryo viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida “Qo’lyozmalar va alohida qimmatli nodir nashrlarni saqlash, joylashtirish va ulardan foydalanish” mavzusida viloyat matbuot anjumani o‘tkazildi!
Viloyat matbuot anjumani Surxondaryo viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasining “Retro katalok saqlash” bo’limi mudirasi N.Radjabmaxmudova va yetakchi kutubxonachi Z.Murodova tomonidan ko’rgazmali va amaliy jarayonlar bilan interaktiv tarzda o’tkazildi.
Matbuot anjumanida viloyatimizning barcha hududlaridagi ko‘zi ojizlar kutubxonalarining mutaxassislari o‘z ish uslubi, kutubxonalari faoliyati, kutubxonalar fondlarini saqlash va ulardan foydalanish va ko‘zi ojiz kitobxonlarga yaratayotgan qulayliklari yuzasidan tajriba almashdilar.