#Tashrif

21 May, 2025 - 12:00
27
#Tashrif

#Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasasi direktori Alisher Djamaldinov Surxondaryo viloyati  ta’lim muassasalarining faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda o‘quv metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Dastlab, viloyatdagi Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati hamda 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, mazkur ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonlarining borishi, o‘quvchi yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan   shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

Kunning ikkinchi yarimida Alisher Djamaldinov Sherobod tumani 8-son hamda Angor tumani 9-son bolalar musiqa va san’at maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalarining ahvoli,  o‘quv jarayonlarini borishini ko‘zdan kechirib, pedagog xodimlar va o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash