“Tasviriy san’at va badiiy bezash” bo‘limi o‘qituvchilari targ‘ibot-tashviqot va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
15 May, 2025 - 12:00
3
“Tasviriy san’at va badiiy bezash” bo‘limi o‘qituvchilari targ‘ibot-tashviqot va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Termiz shahar 11-8-sonli umumta’lim maktablarida Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabining “Tasviriy san’at va badiiy bezash” bo‘limi o‘qituvchilari — Ochildiyeva Risolat hamda Mirzayeva Suluv ishtirokida targ‘ibot-tashviqot va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv davomida o‘quvchilarga 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayoni, mavjud yo‘nalishlar, ta’lim shakllari hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, san’at sohasi bilan bog‘liq kasblarning istiqboli, ijodiy o‘sish imkoniyatlari va Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida o‘qishning afzalliklari haqida qiziqarli suhbatlar olib borildi.