⚡️Targibot_uchrashuvi

14 May, 2025 - 10:00
3
⚡️Targibot_uchrashuvi

⚡️Targibot_uchrashuvi

Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabining “San’atshunoslik" hamda "Tasviriy san’at va badiiy bezash” bo‘limi o‘qituvchilari  Xoliqov Muhriddin, To‘raxonov Davron, Soatov Bo‘ston va Safarov Sardorlar  tomonidan Sho‘rchi tumanidagi 17-sonli, Oltinsoy tumanidagi 37-39-44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida targ‘ibot-tashviqot va ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvlarda ishtirokchilarga 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayoni, mavjud yo‘nalishlar hamda ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘qituvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari namunalarini namoyish etishdi, san’at sohasi bilan qiziqayotgan yoshlar bilan ochiq muloqotlar olib borildi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash