⚡️Targ'ibot ⚡️2025-2026-o'quv yili uchun
13 May, 2025 - 10:00
3
⚡️Targ'ibot ⚡️2025-2026-o'quv yili uchun
Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabining San'atshunoslik kafedrasi o'qituvchilari Roziya SHaymardanova hamda Sayyora Imomovalar Termiz shahridagi 9-11-umumta'lim maktablarining 9-sinf o'quvchilari bilan suhbat o'tqazishdi.Targ'ibot jarayonida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati mavjud yo'nalishlar, ijodiy imtihonlar qabul tartibi, o'qish sharoiti ilmiy va sahnavly faoliyat imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Kelgusida ixtisoslashtirilgan san'at maktabida tahsil olish istagini bildirgan o'quvchilarga tavsiyalar berildi.