Har yili mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.

08 May, 2025 - 10:00
10
Har yili mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Har yili mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida huquq-tartibot, mudofaa va xavfsizlik idoralari rahbarlari Boysun tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, faxriy Shoximardon Xamrayev xonadonida bo'lishib, Prezidentimizning bayram tabrigi, 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda sovg‘alarni yetkazib berishdi.

Uchrashuvda Shoximardon bobo urush yillaridagi og‘ir kunlar, hayotiy tajriba va xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. U tinchlik va osoyishtalikning bebaho ne’mat ekanini ta’kidlab, davlatimiz rahbariga urush qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Tadbir yakunida nuroniylar va yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz mustaqilligining barqaror bo‘lishi uchun ezgu tilaklar bildirib, duoga qo‘l ochdilar.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash