VATAN RAVNAQI, TINCHLIGI VA HIMOYASI YO‘LIDAGI QAHRAMONLIK UNUTILMAYDI

08 May, 2025 - 14:00
10
VATAN RAVNAQI, TINCHLIGI VA HIMOYASI YO‘LIDAGI QAHRAMONLIK UNUTILMAYDI

VATAN RAVNAQI, TINCHLIGI VA HIMOYASI YO‘LIDAGI QAHRAMONLIK UNUTILMAYDI

Mamlakatimizda 9-may – "Xotira va qadrlash kuni"ni keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan urush va mehnat faxriylariga alohida e’tibor va chuqur ehtirom ko‘rsatish yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.

9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Surxondaryo vilioyati Bandixon tumanda ham keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.  Bandixon tuman hokimi A.Allamuradov, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig'i I.Qambarov boshchiligida front ortini mustahkamlashda ishtirok etgan bir guruh faxriylarimizga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali, pul mukofotlari hamda bayram sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda harbiy orkestr va tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan qilingan chiqishlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash