💠“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medallari o‘z egalariga topshirildi
08 May, 2025 - 12:00
8
💠“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medallari o‘z egalariga topshirildi
Har yili mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-fevraldagi PF-32-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-aprel kunidagi 231-sonli qaroriga asosan ushbu sana munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda front ortida mehnat qilganlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov nuroniylarning xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Ularga pul mukofotlari hamda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medallari topshirildi.