“Mahorat darsi”
18 Apr, 2025 - 11:00
26
“Mahorat darsi”
Sherobod tuman 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston xalq hofizi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, professor Abdinabi Ibrohimov ishtirokida “Mahorat darsi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur darsda xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy qo‘shiqchilik san’atining o‘ziga xos jihatlari, milliy ijro maktablarining uslublari, sahnadagi madaniyat va ijro mahorati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Professor Abdinabi Ibrohimov o‘zining boy ijodiy tajribasidan namunalar keltirib, yosh ijrochilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi.
✍️ Mahorat darsi jarayonida An’anaviy xonandalik bo‘limi o‘qituvchisi Bahodir Sharipov va maktab direktori Nigora Saidova ustoz Abdinabi Ibrohimovga chuqur minnatdorlik izhor qilib, bunday darslarning yoshlar ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyatini ta’kidlashdi hamda kelgusi faoliyatlariga rivoj va ulkan zafarlar tilashdi.