Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida madaniyat va san’at xodimlari sharaflandi
15 Apr, 2025 - 18:00
23
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida madaniyat va san’at xodimlari sharaflandi
Bandixon tumanida 15 aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o’rinbosari U.Qulmamatov ishtirok etib, soha xodimlarini sana munosabati bilan muborakbod etdi.
Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha zavqu-shavq bilan davom etdi.
Soha xodimlarining tumanda bo’lib o’tayotgan tadbirlarda faol ishtiroki, jamoaviy hamjihatligi e’tirof etilib, ularga tuman hokimi A.Allamuradovning diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.