Taʼziya

11 Apr, 2025 - 09:00
25
Taʼziya

Taʼziya

O‘zbekiston madaniyati va san’ati og‘ir judolikka uchradi. Teatr san’ati darg‘asi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida olamdan o‘tdi.

Mansur Ravshanov 1937-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor bo‘lib ishlagan. Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrining vujudga kelishiga katta hissa qo‘shgan.

M.Ravshanov "Alpomish", "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi", "Jononga bordim bir kecha", "Alisher Navoiy", "Parvona", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Alpomishning qaytishi" kabi yuzlab spektakllarni sahnalashtirgan.

O‘zbek madaniyati va san’ati darg‘asi Mansur Ravshanovning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash