💼 TAYINLOV
08 Apr, 2025 - 11:00
13
💼 TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixonov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, Surxondaryo viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i lavozimiga O.Muxitdinovni hamda viloyat musiqali drama teatri direktori lavozimiga Sh.Normurodovlarni madaniyat vaziri buyrug'iga asosan tayinlab, madaniyat va san'at sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suxbat o’tkazdi. Suhbat davomida teatr, madaniyat va san'at sohasiga oid berilgan taklif va muammolar bo'yicha fikr-mulohazalari tinglandi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixonov madaniyat va san'at va teatr sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviylashtirish raqamlashtirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.