✅Erta tongdan yangragan karnay-surnay sadolari xushxabardan darak berdi.
28 Mar, 2025 - 11:00
6
✅Erta tongdan yangragan karnay-surnay sadolari xushxabardan darak berdi.
Anvar Gʻaniev rahbarlik qilayotgan Shoʻrchi tumanidagi 7-sonli musiqa va san'at maktabi qoshidagi Sarvar Safarov hamda Sherzod Toshboev rahbarlik qilayotgan 24 nafar oʻquvchilardan iborat boʻlgan orkestr jamoasi “Navroʻz sadolari” milliy cholgʻular koʻp ovozli ansambli va orkestrlari XI xalqaro festivalida 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
-Ushbu xalqaro festivalda 16 ta orkestr jamoalari ishtirok etishdi, - deydi Sarvar Safarov. – Jamoamizning tanlovda oʻrin olishi oson boʻlmadi, albatta. Oʻquvchilarimiz ijro jihatdan murakkab boʻlgan 3 ta sar ijro etishdi va gʻolib boʻlishdi.
Albatta, oʻquvchilarning gʻoliblik shohsupasiga chiqishida oʻqituvchi ustozlarning mehnati, bilim salohiyati va tajribasi katta ahamiyatga ega.